Yangilandi - Eron: 800 ga yaqin odam nobud bo‘ldi. Tehronda hozir vaziyat qanday? (Video)

AQSh-Isroil hujumlarida vayron bo‘lgan Tehrondagi politsiya binosi

Surat manbasi, Reuters

Surat tagso‘zi, AQSh-Isroil hujumlarida vayron bo‘lgan Tehrondagi politsiya binosi
O'qilish vaqti: 5 daq

Isroil armiyasi Eron rahbariyatining qarorgohiga havo zarbasini berganini aytmoqda.

Telegramdagi bayonotida Isroil Mudofaa kuchlari Eron Prezidentining idorasi va Oliy milliy xavfsizlik kengashi binolariga «qator bombalar» tashlanganini bildirdi.

U, shuningdek, harbiy mashg‘ulotlar muassasasi va «rejimga oid qo‘shimcha infratuzilma»ga ham hujum qilinganini aytdi.

Isroilga ko‘ra, Eron Rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiy shu majmuada ishlagan. Xomanaiy dam olish kunlarida o‘zi yashovchi majmuada AQSh-Isroil zarbalari bilan o‘ldirilgandi.

O‘tkazib yuboring YouTube post
Google YouTube контентига рухсат бериш

Ayni maqolada Google YouTube tomonidan taqdim qilingan kontent mavjud. Biz bu kontent yuklanmasidan avval sizning roziligingizni so‘raymiz, chunki ular kuki va boshqa texnologiyalardan foydalangan bo‘lishi mumkin. Siz Google YouTube havolasida kukilarga doir va shaxsiy ma’lumotlarga oid qoidalar haqida avval o‘qib, keyin qabul qilishga rozi bo‘lishingiz mumkin. Ko‘rish uchun “qabul qilish va davom etish”ni tanlang.

Ogohlantirish: Bi-bi-si tashqi sahifalardagi kontent uchun mas’ul emas YouTube bu kontentda reklama bo‘lishi mumkin

Oxiri YouTube post

Talafotlar

Eron hukumati AQSh-Isroil hujumlarining Minabdagi qizlar maktabiga qilgan hujumida 153 odam halok bo‘lganini aytgan

Surat manbasi, Reuters

Surat tagso‘zi, Eron hukumati AQSh-Isroil hujumlarining Minabdagi qizlar maktabiga qilgan hujumida 153 odam halok bo‘lganini aytgan

Eron Qizil yarim oy jamiyatiga ko‘ra, shanba kunining o‘zida Eronga Isroil va AQSh tomonidan yog‘dirilgan bombalarda 787 odam halok bo‘lgan.

AQShda joylashgan Eron inson huquqlari faollari tashkilotiga ko‘ra, 742 oddiy fuqaro nobud bo‘lgan. Ular orasida 176 bola ham bor.

Dushanba kuni Eron parlamentining Tibbiyot komissiyasi a’zosi Fotima Muhammadbeygi Isroil va AQSh atayin to‘qqizta kasalxonani ham nishonga olganini aytgan.

Isroil Tehrondagi Gandi kasalxonasiga hujum qilgani haqidagi da’volarga javob berar ekan, hujum kasalxonanini nishonga olganini rad etdi.

Skip Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz and continue readingIjtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

End of Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz

BBC AQSh Markaziy qo‘mondonligidan bu borada izoh so‘radi.

Eron Tashqi ishlar vazirligining bugungi bayonotida ayni kasalxonaga AQSh va Isroil birga hujum qilgani aytiladi.

Tehrondagi vaziyat

BBC muxbiri gaplashgan tehronliklar, hujumlar haqida gap ketganda, seshanba kuni Tehronning ba’zi qismlari dushanbadagiga qaraganda tinchroq bo‘lganini aytishgan.

Ammo, ba’zi odamlar urush davom etishi bilan oziq-ovqat va xizmatlar narxlari oshib ketishidan xavotirdalar.

«Oziq-ovqatni g‘amlab qo‘yishimiz kerak, chunki bu urush qancha davom etishini bilmaymiz. Eng kerakli mahsulotlar ham yetmay qolishidan qo‘rqyapmiz», - deydi bir tehronlik.

Boshqasining aytishicha, narxlar allaqachon oshgan, masalan kartoshka narxi.

Internet uzib qo‘yilayotgani tufayli Eron ichida nimalar bo‘layotgani borasida aniq ma’lumotni olish qiyin. BBC ora-orada internetga bog‘lana olgan odamlar bilan gaplashishga muvaffaq bo‘ldi.

Isroil Tehron va Bayrutga yana hujum qildi, Saudiya ikkita dron hujumiga uchradi; Eron rahbariyati qanday tuzilgan?

Bayrutda portlashlar yuz bergan

Surat manbasi, Reuters

Surat tagso‘zi, Bayrutda portlashlar yuz bergan

Isroil mudofaa kuchlari Tehron va Livan poytaxti Bayrutga yana zarbalar berganini tasdiqladi. O‘z bayonotida u «harbiy nishonlarga» hujum qilinganini aytdi.

Armiya voiziga ko‘ra, «havo zarbalarining yirik to‘lqini» amalga oshirilmoqda.

Isroil biroz avval Bayrutning janubida va yaqin atrofdagi qishloqlarda yashovchi aholiga hududni tark etishni aytgan. U Eronga aloqador Hizbulloh guruhining qo‘mondonlik markazlari va omborxonalarini yo‘q qilishga kirishganini bildirdi.

Isroil Mudofaa vaziri Israel Kattsning bayonotida aytilishicha, Bosh vazir Benyamin Netanyaxu "kelajakda Isroil chegarasidagi mavzelarga o‘t ochilishini bartaraf qilish uchun Livanga qo‘shinlar kiritiladi va qo‘shimcha strategik hududlar egallab olinadi".

Saudiya Arabistoni Mudofaa vazirligi esa poytaxt Riyoddagi AQSh elchixonasi, ilk chamalarga ko‘ra, ikkita dron hujumiga uchraganini aytdi.

X da qo‘ygan bayonotida vazirlik «binoga kichik shikast» yetkazilgani va «cheklangan yong‘in» kelib chiqqanini bildirdi.

BBC Verify Saudiyadagi neftni qayta ishlab chiqarish zavodiga shikast yetkazilganini tasdiqladi

Surat manbasi, VANTOR

Surat tagso‘zi, BBC Verify Saudiyadagi neftni qayta ishlab chiqarish zavodiga shikast yetkazilganini tasdiqladi

Saudiya Arabistonidagi AQSh elchixonasi Jidda, Riyod va Dahrandagi boshpanalarini e’lon qildi va hududdagi harbiy inshootlariga safarlarni cheklashini aytdi.

Ayni damda Eron Bahrayndagi AQSh harbiy bazasining bosh qo‘mondonlik qarorgohini vayron qilgani haqida xabarlar chiqmoqda.

Fars agentligi chop qilgan videoda yiroqdagi nishonlarga raketalar urilib portlayotgani ko‘rinadi.

Agentlik xabariga ko‘ra, Eron Inqilob qo‘riqchilari Bahraynning Shayh Iso hududidagi AQSh qo‘mondonligini yo‘q qilgan va yoqilg‘i tankerlarini portlatgan.

AQSh hali bu xabarga munosabat bildirmadi.

Avvalroq Bahrayndagi AQSh boshqaruvchi dengiz kuchlari bazasidan tutun burqsib chiqayotgani ko‘ringandi.

AQSh-Isroil zarbalaridan shikast yetgan Erondagi Motahari kasalxonasi

Surat manbasi, Reuters

Surat tagso‘zi, AQSh-Isroil zarbalaridan shikast yetgan Erondagi Motahari kasalxonasi

Eronga qarshi hujumlar maqsadini izohlagan AQSh Tashqi ishlar vaziri Marko Rubioning aytishicha, Vashington shanba kuni Isroil Eronga hujum qilmoqchi bo‘lganini bilgach, birinchi bo‘lib hujum qilgan va bu bilan Eronning AQSh bazalariga javoban zarba berishining oldini olgan.

«Men taktikalarimizning tafsilotini fosh qilmoqchi emasman, lekin AQSh armiyasining eng kuchli zarbalari hali qilingani yo‘q», - dedi u.

Britaniyaning The Sun gazetasiga gapirgan AQSh Prezidenti Donald Tramp Bosh vazir Kiyr Starmerni amerikaliklarga yordam bermaslikda ayblagan.

Uning aytishicha, Britaniya bosh vaziri «yordam bermadi. Bunga bir kun guvoh bo‘laman deb o‘ylamagandim. Buni Britaniyadan ko‘raman deb o‘ylamagandim».

Trump and Starmer
Reuters
Buni Britaniyadan ko'raman, deb o'ylamagandim. Aloqalar endi avvalgidek emasligini ko'rish qayg'uli.
Donald Tramp
AQSh prezidenti

"Aloqalar endi avvalgidek emasligini ko‘rish juda qayg‘uli», - deya qo‘shimcha qildi u.

Dushanba kuni parlamentdagi chiqishida Britaniya bosh vaziri o‘z hukumati «havodan rejimni o‘zgartirish»ga ishonmasligini aytgan.

Britaniya avvaliga Eronga qarshi hujumlar uchun AQShga o‘z bazalarini ochib bermadi, biroq so‘ngra Eronga qarshi «mudofaa zarbalari» uchun ularni ochdi.

Trampning The Sun ga aytishicha, Frantsiya va boshqalar AQShga yordam beryapti, ammo Britaniya «boshqalarda ancha farqli o‘zini tutyapti».

Yaqin Sharqdagi vaziyat tafsilotlarini yangilashda davom etamiz.

Eron rejimi qanchalar mustahkam?

AQSh va Isroilning qo‘shma havo hujumlari natijasida Eron Oliy rahbari Ali Xomeneiyning o‘ldirilishi Islom Respublikasini 1979 yildan beri eng qaltis vaziyatga yuzlashtirdi. Vashington «keskin zarba» deb atagan ushbu amaliyot Eronning harbiy va siyosiy rahbariyatini, shuningdek, uning qo‘mondonlik tizimini falaj qilishni ko‘zlagan.

Shanba oqshomiga kelib, Xomeneiyning o‘limi haqidagi xabarlar tarqaldi va bu Eronning yirik shaharlarida hamda xorijdagi eronliklar orasida bayram qilinishiga sabab bo‘ldi. Ko‘pchilik uchun Oliy rahbarning yo‘q qilinishi yillar davomida fuqarolik qarshiligi erisha olmagan tarixiy o‘zgarishlar uchun yo‘l ochilishini anglatadi.

AQSh prezidenti Donald Tramp eronliklarni fursatdan foydalanib "hukumatni qo‘lga olishga" chaqirgan bo‘lsa, Isroil Bosh vaziri Benyamin Netanьyahu rejim almashinuvi ham istalgan, ham amalga oshishi mumkin bo‘lgan maqsad ekanini ta’kidladi.

Eron rahbarlik tuzilmasi

Yangi rahbar qanday saylanadi?

Eron konstitutsiyasiga ko‘ra, yangi Oliy rahbarni saylash vakolati 88 nafar diniy ulamodan iborat Ekspertlar kengashiga tegishli. Biroq, barcha nomzodlar avval "Posbonlar kengashi" (Shuroyi nigahbon) tomonidan tasdiqlanishi kerak. Bu kengash a’zolarining yarmi bevosita Oliy rahbar tomonidan tayinlanishini hisobga olsak, Xomeneiy o‘z vorisini tanlash jarayoniga hali hayotligidayoq katta ta’sir o‘tkazib kelgan.

Hozirgacha ma’lum bo‘lgani bu - Eron davlat televideniesi Xomeneiyning o‘limini rasman tasdiqlagani va uch kishidan iborat vaqtinchalik kengash ijro etuvchi hokimiyatni o‘z qo‘liga olganini e’lon qilganidir.

Vorislar kim bo‘lishi mumkin?

Asosiy nomzod sifatida Xomeneiyning to‘ng‘ich o‘g‘li Mujtabo tilga olinmoqda. Ammo so‘nggi hujumlarda Inqilob qo‘riqchilari korpusining (IHQK) ko‘plab nufuzli qo‘mondonlari halok bo‘lgani sababli, ichki kuchlar muvozanati o‘zgargan bo‘lishi mumkin. 1989 yilda Xomeneiyning o‘zi ham kutilmaganda rahbarlikka kelganini eslasak, saylov natijalari yana prognozlarni inkor etishi mumkin.

Harbiy vaziyat va qasos

Harbiy jihatdan Eron og‘ir zarbaga uchradi - qo‘mondonlik markazlari va rahbariyat tizimi zarar ko‘rgan. Shunga qaramay, Tehron javob qaytarish salohiyatini saqlab qolgan. Hujumlarning dastlabki ikki kunida AQShning Arab davlatlaridagi bazalari va Isroildagi nishonlarga raketa zarbalari berildi. Shuningdek, Dubay va Quvaytdagi fuqarolik ob’ektlari ham nishonga olindi, bu esa nizo geografiyasi kengayib borayotganidan dalolat beradi.

Kelasi bir necha kun Islom Respublikasi o‘z oliy rahbarisiz jipslikni saqlab qola oladimi yoki tizim butunlay inqirozga yuz tutadimi, degan savolga oydinlik kiritadi.